//

DMED Retseptlar

Dori vositalarini qog‘oz shakllarisiz va ma’lumotlarni takrorlamasdan tayinlash, berish va nazorat qilish uchun yagona milliy raqamli tizim.

Recepts.TitleRecepts.Title

Asosiy jihatlari

Shifokorlar faoliyatini qulaylashtiradi va vaqtini tejaydi

Shaffoflik
 va nazorat

Dorixonalar
 bilan integratsiya

Dori vositalarini tayinlash va berishning yagona raqamli tizimi

DMED Retseptlar — bu elektron retseptlar bilan ishlashga mo‘ljallangan milliy platforma. Tizim shifokorlar, dorixonalar va bemorlarni yagona ekotizimda birlashtirib, dori vositasini tayinlashdan tortib uning berilishigacha bo‘lgan to‘liq jarayonni qog‘oz shakllaridan va ma’lumotlar takrorlanishidan xoli tarzda ta’minlaydi.

Asosiy modullar

  • Shifokor moduli - XPN bo‘yicha elektron retseptlarni rasmiylashtirish, qarshi ko‘rsatmalar va dozalarni avtomatik tarzda tekshirish, hamda tayinlangan dorilar tarixini ko‘rish imkoniyatini beradi.
  • Dorixona moduli — elektron retseptlarni onlayn qabul qilish va berish, berilgan dorilarni hisobga olish hamda retsept mavjudligi va amal qilish muddatini tekshirish imkonini beradi.
  • Bemor moduli — belgilangan retseptlar haqida bildirishnomalarni olish, dori berilishining holatini kuzatish va yaqin atrofdagi mavjud dorixonalardagi dori vositalarini ko‘rish imkonini beradi.
  • Ma’muriy modul — tashkilotlar, foydalanuvchilar va ularga berilgan kirish huquqlarini boshqarish, faoliyatni monitoring qilish hamda retseptlarni yozish va berish bo‘yicha hisobotlarni taqdim etish imkonini beradi.

Xususiyatlari

  • Respublika bo‘yicha retseptlarning yagona bazasi;
  • Dori-darmonlar harakatining to‘liq shaffofligi;
  • API orqali dorixona tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati;
  • Davlat va xususiy tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash.
man-doctor

Natija

DMED Retseptlar tibbiyot muassasalari va dorixonalar faoliyatini yengillashtiradi, bemorlarning dori-darmonlarni olish jarayonini tezlashtiradi hamda butun mamlakat miqyosida dori vositalarini tayinlash va berishni nazorat qilish uchun shaffof raqamli muhit yaratadi.

Bu kimga foydali bo‘ladi?

Bu kimga foydali bo‘ladi?

DMED tibbiyot muassasalari xodimlari tomonidan foydalaniladi. Platforma klinikalarning kundalik vazifalarini qamrab oladi va bemorni ro‘yxatga olishdan to retsept berilishigacha bo‘lgan jarayonlarni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

Qidirgan narsangiz topilmadimi? Biz bilan bog‘laning

Savollaringiz yoki takliflaringiz bo‘lsa, biz doimo aloqadamiz

Qayta aloqa shakli

Hamkorlik masalalari bo‘yicha bizga murojaat qiling

0/500